Travmatologiya bo‘limi

Travmatologiya bo‘limi suyaklar, bo‘g‘inlar, paylar va mushaklar bilan bog‘liq jarohatlarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilishga ixtisoslashgan. Javohir klinikasida zamonaviy diagnostika usullari va tajribali shifokorlar yordamida har bir bemorga individual yondashuv ta’minlanadi.

image 2 1

Diagnostika xizmatlari:

  • MRT va MSKT yordamida suyak va bo‘g‘inlar holatini tekshirish.
  • Rentgen yordamida suyak sinishlari va bo‘g‘in joyidan chiqishini aniqlash.
  • Ultrasonografiya (UZI) orqali yumshoq to‘qimalardagi jarohatlarni baholash.
  • Laborator tekshiruvlar orqali suyak va bo‘g‘in kasalliklarini aniqlash.
  • Va boshqa diagnostika xizmatlari.

Davolash xizmatlari:

  • Suyak sinishlarini joyiga qo‘yish va immobilizatsiya qilish (gips yoki BIOS, Ilizarv apparati, turli xil plastina va vintlar orqali).
  • Bo‘g‘in joyidan chiqishini davolash va qayta tiklash.
  • Artroskopiya usuli bilan minimal invaziv jarrohlik muolajalari.
  • Sport jarohatlari uchun maxsus reabilitatsiya dasturlari.
  • Paylar va mushaklarning yallig‘lanishini davolash.
  • Bo‘g‘inlarda suyuqlik to‘planishini davolash (artrosentez).
  • Va boshqa davolash xizmatlari.

Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?

  • Suyak sinishi, bo‘g‘in joyidan chiqishi yoki paylarning uzilishi.
  • Sport jarohatlari, shuningdek, musobaqa yoki mashg‘ulotlardan keyingi og‘riqlar.
  • Bo‘g‘inlar yoki suyak sohasidagi shish, qizarish yoki harorat ko‘tarilishi.
  • Yiqilish yoki jarohatdan keyingi og‘riq va harakatni cheklanishi.
  • Surunkali bo‘g‘in og‘riqlari (artroz yoki artrit).
  • Katta yoshdagilarda suyak sinuvchanligi va bo‘g‘inlarning qotish muammolari.
  • Bolalarda tug‘ma yoki orttirilgan suyak va bo‘g‘in buzilishlari va boshqalar.

Travmatologiya bo‘limimizda jarohatlaringizni tezroq davolash va harakat erkinligini tiklash uchun barcha zarur sharoitlar mavjud. Javohir klinikasiga murojaat qiling! 😊

Batafsil ma‘lumot olishni xohlaysizmi?

Ma‘lumotlaringizni yuboring, tez orada operatorlarimiz siz bilan bog‘lanib barcha savollaringizga batafsil javob berishadi