XIRURGIYA
Bizning xirurgiya bo‘limimiz eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan va oliy toifali mutaxassislar xizmat ko‘rsatadi. Har bir jarrohlik amaliyoti yuqori aniqlik va xavfsizlikka asoslangan bo‘lib, bemorlarning sog‘lig‘ini tiklash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Xizmatlar:

Endoxirurgiya
– bu zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda kichik kesmalar orqali jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan muolaja turi. Ushbu usul yordamida bemorlar kamroq og‘riq his qiladi, operatsiya jarayoni osonroq kechadi va tiklanish tezlashadi.
Xizmatlar:
- Qorin bo‘shlig‘i organlarining xirurgik kasalliklari (appenditsit, o‘t pufagi toshlari va boshqalar).
- Kichik chanoq organlarining patologiyalari.
- Bachadon va tuxumdon muammolari (ginekologik operatsiyalar).
- Qorin old devor churralari
- Va boshqa xizmatlar

Lazer xirurgiya
– bu lazer texnologiyasidan foydalangan holda yuqori aniqlikda va minimal shikastlanish bilan jarrohlik muolajalarini amalga oshiruvchi usuldir. Lazerning yuqori darajadagi aniqligi qon yo‘qotish va tiklanish vaqtini kamaytiradi, shuningdek, estetik natijalarni yaxshilaydi.
Xizmatlar:
- Teri o‘smalari va papillomalarni olib tashlash.
- Qon tomir patologiyalari (varikoz kengaygan tomirlar).
- Ginekologik kasalliklar (bachadon bo‘yni eroziyasi va poliplar).
- Yumshoq to‘qima shikastlanishlari.
- Va boshqa xizmatlar

Flebologiya
– bu venoz qon tomirlar kasalliklarini diagnostika qilish va davolashga ixtisoslashgan muolajalar yo‘nalishi. Varikoz kengaygan tomirlar, tromboz va boshqa qon aylanish tizimi muammolarini zamonaviy usullar yordamida samarali davolash.
Xizmatlar:
- Varikoz kengaygan tomirlar (oyoq tomirlari shishishi va og‘rishi).
- Tromboz va tromboflebit (qon ivishi va tomir ichidagi tiqilish).
- Qon aylanishining buzilishi.
- Tomir yulduzchalari va kosmetik muammolar.
- Va boshqa xizmatlar

Endourologiya
– siydik chiqarish tizimi va buyrak kasalliklarini minimal invaziv usullar yordamida davolashga ixtisoslashgan tibbiyot sohasi. Bu usullar jarrohlik kesmalarini minimallashtirgan holda samarali va xavfsiz muolajalarni taqdim etadi.
Xizmatlar:
- Buyrak va siydik pufagi toshlari.
- Siydik chiqarish yo‘llari torayishi.
- Prostata bezining kasalliklari.
- Siydik yo‘llaridagi o‘sma jarayonlari.
- Siydik yo‘llaridagi infeksiyalar va yallig‘lanishlar.
- Va boshqa xizmatlar

Ginekologiya
– ayollar reproduktiv tizimi kasalliklarini diagnostika qilish, davolash va oldini olishga qaratilgan tibbiyot sohasi. Ushbu xizmatlar reproduktiv sog‘liqni tiklash va qo‘llab-quvvatlash uchun zamonaviy va samarali usullarni taklif etadi.
Xizmatlar:
- Bachadon bo‘yni eroziyasi va poliplar.
- Bachadon va tuxumdon kistalari.
- Bachadon miomasi.
- Gormonal buzilishlar va hayz sikli muammolari.
- Bepushtlikka olib keluvchi muammolar.
- Va boshqa xizmatlar

Koloproktologiya
– to‘g‘ri ichak, anal soha va pastki ichak traktining kasalliklarini diagnostika qilish va davolashga ixtisoslashgan yo‘nalish. Ushbu xizmatlar zamonaviy texnologiyalar va samarali usullar bilan muammolarni hal qiladi.
Xizmatlar:
- Gemorroy (bavosil).
- Anal yoriqlar va absesslar.
- Yo’g’on ichak o‘sma va poliplari.
- To‘g‘ri ichak yallig‘lanishi (proktit).
- Yo’go’n ichak traktida qon ketishi.
- Anal kanal va ichak sohasidagi qattiqlashmalar.
- KRON kasalligi
- Surunkali qabziyatgab olib keluvchi kasalliklar ( dolixokolon , dolixosigma , megakolon
- Girshprung kasalligi
- Nospesifik yarali kolit
- Va boshqa xizmatlar

Travmatologiya
– suyak, bo‘g‘im va mushak tizimining jarohatlari va kasalliklarini diagnostika qilish, davolash va reabilitatsiya qilishga ixtisoslashgan yo‘nalish. Ushbu xizmatlar sport jarohatlari, avariya oqibatlari va ortopedik muammolarni hal qilish uchun mo‘ljallangan.
Xizmatlar:
- Suyak sinishlari va bo’g’im chiqishlari
- Sport jarohatlari (pay va mushaklarning shikastlanishi).
- Bo‘g‘imlarning artroz va artriti.
- Tizza va son bo‘g‘imlari kasaliklari.
- Va boshqa xizmatlar

Neyroxirurgiya
(Endoskopik neyroxirurgiya) – bu miya, umurtqa pog‘onasi va asab tizimi kasalliklarini diagnostika qilish va jarrohlik yo‘li bilan davolashga qaratilgan tibbiyot sohasi. Murakkab patologiyalarni zamonaviy texnologiyalar yordamida hal qilish imkonini beradi.
Xizmatlar:
- Miya o‘smalari va jarohatlari.
- Umurtqa pog‘onasi va orqa miya patologiyalari (disk churrasi, stenoz).
- Bosh miya qon tomir kasalliklari (anevrizma, qon quyilish).
- Miya va asab tizimidagi tug‘ma patologiyalar.
- Va boshqa xizmatlar

Onkologiya
– organizmdagi o‘sma jarayonlarini diagnostika qilish, davolash va oldini olishga qaratilgan tibbiyot sohasi. Ushbu xizmatlar kasallikni erta bosqichda aniqlash va samarali davolash imkoniyatini taqdim etadi.
Xizmatlar:
- O‘sma jarayonlari (yaxshi va yomon xilli).
- Bachadon bo‘yni, tuxumdon, prostata kabi organlarning o‘sma kasalliklari.
- Teri, o‘pka va jigar o‘smalari.
- Onkologik kasalliklarning qaytalanishi va asoratlari.
- Va boshqa xizmatlar

Yuz-jag’ jarrohligi
– yuz, jag’ va tish sohasidagi jarohatlar, o‘sma va tug‘ma nuqsonlarni diagnostika qilish va jarrohlik yo‘li bilan davolashga ixtisoslashgan yo‘nalish. Ushbu xizmatlar bemorning sog‘ligini tiklash bilan birga, estetik ko‘rinishini ham yaxshilaydi.
Xizmatlar:
- Yuz va jag’ sohasi jarohatlari va nuqsoni
- Jag’ dislokatsiyasi va suyak sinishlari.
- Tug‘ma nuqsonlar (yoriqlar, deformatsiyalar).
- Yuzdagi yumshoq to‘qima o‘sma va infeksiyalar.
- Tish va jag’ tuzilishidagi muammolar.
- Yuz va jag’ sohasi anomaliyalari
- Va boshqa xizmatlar

LOR (otorinolaringologiya)
– quloq, burun, tomoq va nafas olish yo‘llarining kasalliklarini diagnostika qilish, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan yo‘nalish. Ushbu xizmatlar nafas olishni yaxshilash va eshitish qobiliyatini tiklashga qaratilgan.
Xizmatlar:
- Burun to’sig’i egriliklari va poliplar.
- Surunkali rinit, sinusit va faringit.
- Quloq infeksiyalari va eshitish qobiliyatining pasayishi.
- Tomoq sohasidagi yallig‘lanish va angina.
- Adenoidlar va o‘rta quloq patologiyalari.
- Tashqi quloq anomaliyalari va nuqsoni
- Burun rivojlanishi anomaliyalai va nuqsoni
- Va boshqa xizmatlar