RADIOLOGIYA

“Radiologiya bo‘limimiz zamonaviy uskunalar yordamida aniq va ishonchli diagnostika xizmatlarini taqdim etadi. Bizda kompyuter tomografiyasi (MSKT), magnit-rezonans tomografiya (MRT), rentgen va ultratovush tekshiruvlari amalga oshiriladi. Har bir tekshiruv yuqori aniqlikda o‘tkazilib, shifokorlarimiz tomonidan batafsil tahlil qilinadi.”

image 21 1
image 21

Philips 1,5 tesla

MRT - Magnit Rezonans Tomografiya

Ushbu apparat murakkab kasalliklarni aniqlashda eng ilg‘or texnologiya bo’lib, kuchli 1.5 tesla magnit maydoni yordamida ichki organlar, asab tizimi, mushak va to‘qimalarni yuqori aniqlilikda tasvirlash imkonini beradi. Nurlanishsiz ishlashi tufayli bemorlar uchun mutlaqo xavfsiz, keng diagnostika diapazoni va tezkor tekshiruv jarayonini ta’minlaydi.

Xizmatlar

  • Bosh miya va qon tomirlari: Bosh miya, Willis doirasi, gipofiz, ko‘z orbitasi, ichki quloq, traktografiya, kontrast bilan/kontrastsiz.
  • Umurtqa: Bo‘yin, ko‘krak, bel-dumg‘aza qismlari, barcha qismlar, kontrast bilan/kontrastsiz.
  • Qorin bo‘shlig‘i va chanoq: Qorin bo‘shlig‘i organlari, buyrak usti bezlari, kichik chanoq, to‘g‘ri ichak, kontrast bilan/kontrastsiz.
  • Yumshoq to‘qimalar: Bo‘yin, tanlangan sohalar (30 sm gacha), kontrast bilan/kontrastsiz.
  • Qo‘l va oyoqlar: Yelka, tirsak, bilak, qo‘llar, tizza, to‘piq, oyoq (o‘ng/chap).
  • Angiografiya va flebografiya: Bo‘yin, oyoq venalari, kichik chanoq venalari, pastki kovak vena (kontrastsiz).
  • Prostata va siydik pufagi: Multiparametrik tekshiruvlar.
  • Butun tana: DWIBS orqali metastazlarni aniqlash.
  • Yurak: To‘liq tekshiruv.
image 72

Philips Incisive CT 128

MSKT - Multispiral kompyuter tomografiya

Bu apparat yuqori aniqlikdagi va kam nurlanishli zamonaviy kompyuter tomografiya apparati bo‘lib, yurak, asab tizimi,onkologik kasalliklarni aniqlashda juda samarali qurilma hisoblanadi. 128 qatorli kesmalari va tezkor natijalari bilan bu apparat sog‘ligingizni to‘liq nazorat qilishda ishonchli yordamchidir.

Xizmatlar

  • Bosh va yuz suyaklari:
  • Bosh miya
  • Bel-dumg‘aza qismlari
  • Burun yonbosh bo‘shliqlari
  • Burun yonbosh bo‘shliqlari + chakka suyaklari
  • Yuz va chakka suyaklari
  • Ko‘z orbitasi
  • Umurtqa:
  • Bo‘yin, ko‘krak qismlari,
  • Tanlangan qism (kontrast bilan/kontrastsiz)
  • Ko‘krak qafasi:
  • Virtual bronxoskopiya
  • Kontrast bilan angiografiya
  • Qorin bo‘shlig‘i va buyraklar:
  • Qorin bo‘shlig‘i organlari
  • Buyrak va buyrak usti bezlari
  • Siydik chiqaruv yo‘llari (kontrastsiz)
  • Ekskretor urografiya
  • Qo‘l va oyoq bo‘g‘imlari:
  • Yelka, tirsak, bilak, son, tizza, to‘piq, oyoq (bitta bo‘g‘im yoki suyak)
  • Angiografiya:
  • Bosh miya, bo‘yin qon tomirlari
  • Ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i
    organlari (3-4 fazali kontrast)
  • Ikki oyoq angiografiyasi
  • Yurak:
  • Yurak va koronar arteriyalar
    (kontrast bilan)
image 21 1

Levia 9090

Rentgen - multifunksional rentgenografiya

Diagnostika sohasidagi ilg‘or texnologiyalardan biri bo‘lib, turli jarohatlar, suyak va ichki organ kasalliklarini aniqlashda yuqori aniqlikka ega. Bu apparat tezkor va batafsil tasvir olish imkoniyatiga ega bo‘lib, turli xil burchaklarda tekshirish imkonini beradi, bu esa aniq va samarali diagnostika uchun juda muhimdir. Minimal nurlanish bilan xavfsiz tekshiruvni ta’minlaydi, bu esa bemorlarning salomatligini maksimal darajada himoya qilishga yordam beradi

Xizmatlar

  • Bosh va yuz suyaklari:
  • Bosh suyagi
  • Turk egari
  • Burun yonbosh bo‘shliqlari (ППН)
  • Umurtqa:
  • Bo‘yin, ko‘krak, bel-dumg‘aza qismlari
  • Ko‘krak va qorin:
  • Ko‘krak qafasi
  • Qorin bo‘shligi
  • Qo‘l va oyoq bo‘g‘imlari:
  • Yelka, tirsak, bilak, kaft, umrov, kurak
  • Chanoq suyaklari, chanoq-son bo‘g‘imi
  • Tizza, to‘piq, oyoq suyaklari
  • Uzun naychasimon suyaklar
  • Maxsus tekshiruvlar:
  • Ekskretor urografiya
  • Gisterosalpingsografiya (GSGG)
  • Funksional test bilan soha rentgenografiyasi
  • Mammografiya
image 32

Philips Affiniti 70G

Ultratovush Diagnostika Tekshiruvlari:

Philips Affiniti 70G – yuqori aniqlikdagi ultratovush tizimi, murakkab holatlarni ham aniq tashxislash imkonini beradi. PureWave texnologiyasi va aniqlik bilan nur shakllantirish funksiyasi orqali tasvirlar yanada aniqlashadi. Zamonaviy va qulay dizayni tufayli tashxis jarayonida bemor uchun maksimal qulaylik yaratadi.

Xizmatlar

  • Bo‘yin qon tomirlari; 
  • Ko‘z orbitasi; 
  • Qalqonsimon bez; 
  • Ko‘krak sut bezlari; 
  • Qorin bo‘shlig‘i; 
  • Urologik tekshiruvlar; 
  • Moyaklar tekshiruvi dopler; 
  • oyoq venalari doplerik;
  • bachadon va tuxumdon transabdominal, transvaginal; 
  • xomiladorlik (1,2,3-trimesterlar) xomila skrining; 
  • neyrosonografiya; 
  • yumshoq to‘qimalar;
  • tizza bo‘g‘imi utt tekshiruvlari; 
  • chaqaloqlarda chanoq son bo‘g‘imi tekshiruvi;
  • EXO

Batafsil ma‘lumot olishni xohlaysizmi?

Ma‘lumotlaringizni yuboring, tez orada operatorlarimiz siz bilan bog‘lanib barcha savollaringizga batafsil javob berishadi