Onkologiya bo’limi
Onkologiya bo‘limi xavfli va xavfsiz o‘smalarni aniqlash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanadi. Klinikamiz zamonaviy texnologiyalar va malakali shifokorlar yordamida o‘smalarni erta aniqlash va samarali davolashni taklif etadi.
Diagnostika xizmatlari:
- MRT va MSKT yordamida onkologik kasalliklarni erta aniqlash imkoni, organizmdagi o‘sma joylashuvi va o‘lchamini aniqlash
- Biopsiya orqali to‘qimalarni laborator tekshirish.
- Qon tahlillari (onko markerlari) yordamida xavfli jarayonlarni aniqlash va ularning davolash monitoring qilish,
- Endoskopik usullar yordamida ichki organlarni tekshirish,
- Va boshqa diagnostika xizmatlari.
Davolash xizmatlari:
- Xavfli va xavfsiz o‘smalarni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash.
- Davolashdan keyingi reabilitatsiya va hayot sifatini tiklash uchun xizmatlar
- Simptomatik va palliative tibbiy yordam ko’rsatish
- Yuqori malakali shifokorlar tomonidan individual davolash dasturlarini ishlab chiqish va boshqa davolash xizmatlari.
Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?
- Tana vaznining sababsiz yo‘qolishi yoki doimiy charchoq.
- Teri ostida seziluvchi shishlar yoki tugunlar paydo bo‘lishi.
- Qon aralashgan yo‘tal yoki axlatda qon ko‘rinishi.
- Jarohatlarning uzoq vaqt bitmasligi yoki yara paydo bo‘lishi.
- Ovqat hazm qilishdagi muammolar, masalan, og‘riq yoki ich ketish.
- Sut bezlari yoki boshqa sohalarda seziluvchi qattiqliklar, ajralmalar kelishi.
- Doimiy og‘riq, bo‘g‘imlarda shish yoki harorat ko‘tarilishi
va boshqa muammolar.