Mammologiya bo’limi
Mammologiya bo‘limi ayollar ko‘krak sog‘lig‘i bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan. Javohir klinikasida mammologiya sohasidagi barcha muhim diagnostika va davolash usullari zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi.
Diagnostika xizmatlari:
- Mammografiya yordamida ko‘krak bezlarining tuzilmasini tekshirish va o‘zgarishlarni aniqlash.
- UZI (Ultratovush diagnostikasi) orqali ko‘krak bezlarida hosilalar yoki yallig‘lanishlarni aniqlash.
- Biopsiya yordamida o‘sma to‘qimalarini laborator tekshirish.
- Gormonal tekshiruvlar yordamida ko‘krak bezlari bilan bog‘liq o‘zgarishlarni baholash.
- Qon tahlillari orqali xavfli o‘sma belgilari (tumor markerlar)ni aniqlash
- Va boshqa diagnostika xizmatlari.
Davolash xizmatlari:
- Fibroadenoma, kista va boshqa xavfsiz o‘smalarni davolash.
- Ko‘krak bezlari yallig‘lanishini (mastit) dorivor yoki jarrohlik usullarida davolash.
- Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va kompleks davolash.
- Ko‘krakda paydo bo‘lgan hosilalarni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash.
- Homiladorlik va emizish davridagi ko‘krak muammolarini davolash.
- Ayollarga ko‘krak bezlari sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha profilaktik maslahatlar.
- Va boshqa davolash xizmatlari.
Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?
- Ko‘krakda og‘riq, qattiqlik yoki shish paydo bo‘lishi.
- Ko‘krak yoki so‘rg‘ichdan ajralmalar chiqishi.
- Ko‘krak tuzilmasida yoki terisida seziluvchi o‘zgarishlar.
- So‘rg‘ichning ichkariga tortilishi yoki atrofida qizarish va yallig‘lanish.
- Ko‘krak sohasida paydo bo‘lgan har qanday hosilalar.
- Fibroadenoma yoki mastopatiya bilan bog‘liq tashvishlar.
- Va boshqa muammolar.