Ginekologiya bo’limi
Ginekologiya bo‘limi ayollar salomatligini tiklash, reproduktiv tizim bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash va davolashga ixtisoslashgan. Javohir klinikasida zamonaviy diagnostika uskunalari, malakali mutaxassislar va individual yondashuv yordamida yuqori sifatli ginekologik xizmatlar taqdim etiladi.
Diagnostika xizmatlari:
- UZI (Ultratovush tekshiruvlari) yordamida bachadon, tuxumdon va boshqa reproduktiv organlarning holatini baholash.
- Kolposkopiya orqali bachadon bo‘ynining holatini tekshirish.
- Pap-test yordamida bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash.
- Gormonal tekshiruvlar orqali reproduktiv tizim faoliyatini baholash.
- Laborator tahlillar: jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infektsiyalarni aniqlash.
- MRT orqali kichik chanoq a’zolari(bachadon) tushirish
- Va boshqa diagnostika xizmatlari.
Davolash xizmatlari:
- Hayz sikli buzilishlarini davolash.
- Tuxumdon kistalari, bachadon miomasini jarrohlik yoki dori vositalari yordamida davolash.
- Ayollar bepushtligini kompleks davolash.
- Homiladorlikni kuzatish va tug‘ruqqa tayyorlash.
- Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni davolash.
- Menopauza davridagi o‘zgarishlar va simptomlarni yengillashtirish.
- Bachadon bo‘yni eroziyasini davolash.
- Bachadon ichi vositasi (spiral) qo‘yish.
- Va boshqa davolash xizmatlari.
Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?
- Hayz siklining buzilishi yoki hayz paytida og‘riqning kuchayishi.
- Qorin pastida yoki bel sohasidagi doimiy og‘riq.
- Homiladorlik davridagi noqulaylik yoki asoratlar.
- Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklardan shubha.
- Vagina yoki bachadon sohasidagi noqulaylik, ajralmalar yoki yallig‘lanish.
- Ayollarda tug‘ruqdan keyingi muammolar yoki reabilitatsiya ehtiyoji.
- Tug‘ruqdan keyingi va tug‘ruq yo‘llaridagi asoratlar.
- Va boshqa muammolar.