Gastroenterologiya bo’limi

Gastroenterologiya bo‘limi oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan. Javohir klinikasining gastroenterologiya bo‘limi zamonaviy diagnostika uskunalari va malakali mutaxassislar yordamida sifatli tibbiy xizmatlarni taqdim etadi.

image 13

Diagnostika xizmatlari:

  • Videoendoskopiya yordamida oshqozon va ichaklarning ichki yuzasini ko‘rikdan o‘tkazish.
  • Videokolonoskopiya orqali ichakning to‘liq tekshiruvi.
  • Ultratovush tekshiruvi (UTT) yordamida jigar, o‘t pufagi va me’da osti bezining holatini aniqlash.
  • Qon, siydik va najas tahlillari orqali fermentlar, infektsiyalar va yallig‘lanish markerlarini baholash.
  • Helicobacter pylori infeksiyasini aniqlash uchun qon testi.
  • Va boshqa diagnostika xizmatlari.

Davolash xizmatlari:

  • Gastrit, oshqozon yarasi va me’da-ichak tizimidagi yallig‘lanishlarni davolash.
  • Qandli diabetga va og’riq qoldiruvchi dorilar sabab kelib chiiqan oshqozon-ichak muammolarini bartaraf etish.
  • Surunkali qabziyat yoki ich ketishini davolash.
  • Jigar kasalliklari (Gepatit, Sirroz)ni kompleks terapiya yordamida davolash.
  • O‘t pufagi toshlari va safro yo‘llari muammolarini davolash.
  • Pankreatit (me‘da osti bezining yallig‘lanishi)ni konservativ bilan davolash
  • Va boshqa davolash xizmatlari.

Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?

  • Oshqozon sohasidagi doimiy og‘riq, yonish yoki og‘irlik hissi.
  • Qorin dam bo‘lishi yoki ovqatdan keyin noqulaylik.
  • Surunkali qabziyat yoki tez-tez ich ketishi.
  • Ishtahaning yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish.
  • Najas yoki siydik rangining o‘zgarishi (masalan, jigarrang yoki och tus).
  • Tana vaznining keskin kamayishi yoki ortishi.
  • Teri yoki ko‘z oqining sarg‘ayishi (jigar muammolaridan shubha).
  • O‘ng qovurg‘a ostida yoki kindik atrofida doimiy og‘riq
  • Va boshqa muammolar.

Javohir klinikasining gastroenterologiya bo‘limida oshqozon-ichak tizimingizni tiklash va sog‘lomlashtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Murojaat qiling! 😊

Batafsil ma‘lumot olishni xohlaysizmi?

Ma‘lumotlaringizni yuboring, tez orada operatorlarimiz siz bilan bog‘lanib barcha savollaringizga batafsil javob berishadi