Dermatologiya bo’limi
Dermatologiya bo‘limi teri, soch, tirnoqlar va shilliq qavatlar bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan. Javohir klinikasining dermatologiya bo‘limi malakali shifokorlar va zamonaviy uskunalar yordamida yuqori sifatli diagnostika va davolash xizmatlarini taklif etadi.
Diagnostika xizmatlari:
- Teri va soch holatini baholash uchun maxsus dermatoskopiya.
- Allergik reaksiyalar va teri kasalliklarini aniqlash uchun laborator testlar.
- Teri infeksiyalarini aniqlash uchun mikrobiologik tahlillar.
- Tirnoq va soch holatini baholash uchun maxsus diagnostik testlar.
- Va boshqa diagnostika xizmatlari.
Davolash xizmatlari:
-Teri kasalliklari:
- Akne (husnbuzar), ekzema, dermatit, psoriazni davolash.
- Qo‘tir, zamburug‘li infeksiyalar va boshqa yuqumli kasalliklar.
- Allergik dermatit va yallig‘lanishlarni bartaraf etish va boshqalar.
-Pigmentatsiya va dog‘lar:
- Teri rangining o‘zgarishi va dog‘larni yo‘q qilish va boshqalar.
-Soch va tirnoq muammolari:
- Soch to‘kilishini davolash va tiklash dasturlari.
- Tirnoq kasalliklari, shikastlanish va deformatsiyalarni muolaja qilish va boshqalar.
-Estetik dermatologiya:
- Teri tozalash, yangilash va yoshlantirish uchun muolajalar.
- Qizarish, tomirlarning kengayishi va boshqa kosmetik muammolarni bartaraf etish va boshqalar.
-Infeksion kasalliklar:
- Virusli kasalliklar (gerpes, papillomalar va boshqa virusli o‘smalar).
- Chandiq va teri shikastlanishlaridan keyingi muolajalar va boshqalar.
Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?
- Teri qichishishi, toshma yoki qizarish.
- Husnbuzarlar, akne yoki boshqa yallig‘lanishli teri muammolari.
- Pigmentatsiya yoki teri rangining notekisligi.
- Teri qurishi, qoplamalar yoki elastiklikni yo‘qotish.
- Soch to‘kilishi yoki tirnoqlarda deformatsiyalar.
- Teri o‘sma va to‘qimalarida paydo bo‘lgan har qanday o‘zgarishlar.
- Qo‘l-oyoqlardagi zamburug‘li infeksiyalar yoki qo‘tir.
- Va boshqa muammolar.