Bolalar Bo‘limi

"Farzandingiz salomatligi – bizning asosiy vazifamiz!"

Javohir tibbiyot markazining bolalar bo‘limi – kichkintoyingizga zarur bo‘lgan barcha tibbiy yordamni taqdim etadigan maxsus muhit. Bizning tajribali shifokorlarimiz va zamonaviy uskunalarimiz har bir bolani qulay va xavfsiz davolashni kafolatlaydi.

image 23

Barcha xizmatlar:

image 55

Pediatriya xizmatlari - farzandlar salomatligi bizning ustuvorligimiz

Javohir tibbiyot markazi bolalar salomatligini himoya qilish va yaxshilashga qaratilgan yuqori sifatli pediatriya xizmatlarini taklif etadi. Bizning markazimizda 18 yillik tajribaga ega oliy toifali pediatr xizmat qiladi.

Pediatriyamizning asosiy vazifalari

  • Bolalar salomatligining holatini muntazam nazorat qilish va profilaktik ko‘riklar o‘tkazish;
  • Tug‘ma va orttirilgan kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash;
  • Immunizatsiya (emlash) jarayonlarini o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
  • Farzandingizning ruhiy va jismoniy rivojlanishini kuzatish;
  • Maxsus parhez va davolash bo‘yicha tavsiyalar berish.

Quyidagi kasalliklar bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi

  • Nafas yo‘llari infeksiyalari (bronxit, laringit, pnevmoniya);
  • Allergik reaksiyalar va teri kasalliklari (dermatit, ekzema);
  • Ovqat hazm qilish tizimi muammolari (diareya, qorin og‘riqlari, ich qotishi);
  • Immunitetning pasayishi va surunkali charchoq sindromlari;
  • Yurak va qon aylanish tizimi muammolari;
  • Tug‘ma va orttirilgan rivojlanish buzilishlari;
Drupal Web GettyImages 81724507 1

Bolalar nevropatologi - farzandingizning sog‘lom rivojlanishi yo‘lida ishonchli ko‘mak

Javohir tibbiyot markazida bolalar nevropatologi farzandingizning asab tizimi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va davolashda yuqori malaka va tajriba asosida xizmat ko‘rsatadi. Bizning markazimizda 14 yillik tajribaga ega bolalar nevropatologi xizmat qiladi.

Bolalar nevropatologi vazifalari:

  • Bolaning asab tizimi holatini tekshirish va muammolarni erta aniqlash;
  • Tug‘ma yoki orttirilgan asab tizimi kasalliklarini diagnostika qilish va davolash;
  • Kechikkan rivojlanish (gapirish, yurish, harakatlar) muammolarini hal etish;
  • Stress, asabiylik va boshqa nevrologik muammolarni bartaraf etish;

Quyidagi muammolar bo‘yicha yordam ko‘rsatadi:

  • Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va migren;
  • Bolalarda kechikkan rivojlanish va moslashuv qiyinchiliklari;
  • Tiklar (nerv tiklari), harakat buzilishlari va giperaktivlik sindromi;
  • Uyqu buzilishlari, bezovtalik va ortiqcha qo‘rquv holatlari;
  • Serebral falaj va boshqa tug‘ma nevrologik kasalliklar;
image 60

Bolalar Travmatolog-Ortopedi - farzandingizning sog‘lom harakati yo‘lida ishonchli yordam!

Javohir tibbiyot markazida travmatolog-ortoped shifokor farzandingiz uchun asosan suyak, bo‘g‘im va mushak tizimi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda professional xizmat ko‘rsatadi. Bizning markazimizda 40 yillik tajribaga ega travmatolog-ortoped shifokor xizmat ko‘rsatadi.

Travmatolog-ortoped shifokor vazifalari:

  • Suyak va bo‘g‘imlarda yuzaga kelgan jarohatlarni aniqlash va davolash;
  • Tug‘ma va orttirilgan suyak tizimi kasalliklarini diagnostika qilish va profilaktik tavsiyalar berish;
  • Suyak, Bo’gim va mushaklar sistemasidagi yuzaga keladigan surunkali og‘riqlar sababini aniqlash va davolash;
  • Operatsion va operatsiyasiz reabilitatsiya usullari orqali harakat funksiyasini tiklash;
  • Sport jarohatlari va ularning oqibatlarini bartaraf etish.

Quyidagi holatlar bo‘yicha yordam ko‘rsatadi:

  • Suyak sinishlari, chiqishlar va jarohatlar;
  • Bo‘g‘imlarda og‘riq va harakat qiyinchiliklari (artroz, artrit);
  • Umurtqa pog‘onasidagi muammolar (skolioz, osteoxondroz);
  • Sport va turli xil jarohatlarning oqibatlari;
  • Bolalardagi tug‘ma suyak va bo‘g‘im deformatsiyalari;
image 42

TMS – Farzandingiz Miya Faoliyatini Yaxshilashning Zamonaviy Usuli

TMS (Transkranial Magnit Stimulyatsiya) – bu yangi texnologiya bo‘lib, farzandingizning miya faoliyatini yaxshilash va turli muammolarni hal qilishga yordam beradi. Bu usul og‘riqsiz, xavfsiz va jarrohliksiz amalga oshiriladi, shu sababdan bolalar uchun juda mos keladi.

TMS qanday muammolarni hal qiladi?

  • Eslab qolish va diqqatni jamlash qiyin bo‘lsa.
  • Qisqa muddatli bosh og‘rig‘i yoki stress kuzatilsa.
  • Asabiylashish va kayfiyat o‘zgarishlarida yordam beradi.
  • Miya faoliyati buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar.

Nega TMS muolajasi farzandingiz uchun foydali?

  • Og‘riqsiz: Farzandingiz davolanish vaqtida hech qanday noqulaylik sezmaydi.
  • Xavfsiz: Mutaxassislar nazoratida amalga oshiriladi.
  • Natijali: Davolash natijasi qisqa vaqt ichida seziladi.

Quyidagi muammolari bo‘lgan bolalar uchun tavsiya etiladi:

  • Diqqat va xotira bilan bog‘liq qiyinchiliklar.
  • Bosh og‘rig‘i yoki uyqu buzilishi.
  • Stress va asabiylashish belgilari.
image 55

EEG bilan farzandingiz salomatligini nazorat qiling!

Javohir tibbiyot markazi bolalar salomatEEG (Elektroensefalografiya) – bu miya faoliyatini o‘rganish uchun ishlatiladigan xavfsiz va zamonaviy diagnostika usuli. Ushbu jarayon og‘riqsiz va bolalar uchun to‘liq moslashtirilgan.ligini himoya qilish va yaxshilashga qaratilgan yuqori sifatli pediatriya xizmatlarini taklif etadi. Bizning markazimizda 18 yillik tajribaga ega oliy toifali pediatr xizmat qiladi.

EEG qanday muammolarni aniqlashga yordam beradi?

  • Miya faoliyati buzilishlari va epileptik holatlarni aniqlash.
  • Uyqu buzilishlarini o‘rganish.
  • Diqqat va xotira bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish.
  • Miya faoliyatiga ta’sir qiluvchi stress va boshqa omillarni aniqlash.
  • Nutq buzilishlarida miyyani rivojlanishining orqada qolishligini aniqlash.

Nega EEG farzandingiz uchun muhim?

  • Xavfsiz: Malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
  • Individual yondashuv: Har bir bola uchun alohida usul va texnika tanlanadi.
  • Qulay: Farzandingizni tinchlantiruvchi va sog‘lomlashtiruvchi jarayon.

Quyidagi holatlarda farzandingiz uchun foydali:

  • Agar miya faoliyatida o‘zgarishlar sezilsa.
  • Epilepsiya yoki bosh og‘rig‘i bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa.
  • Uyqu bilan bog‘liq muammolar kuzatilsa.
image 44

Bolalar massaji – Farzandingiz uchun sog‘lom rivojlanishning kaliti

Bolalar massaji – bu farzandingiz sog‘lig‘ini mustahkamlash va rivojlanishiga yordam beradigan xavfsiz va samarali muolaja. Maxsus mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladigan bu xizmat farzandingiz uchun to‘liq moslashtirilgan.

Bolalar massaji qanday foyda beradi?

  • Mushak va suyak tizimini mustahkamlaydi.
  • Immunitetni kuchaytiradi va farzandingiz sog‘ligini yaxshilaydi.
  • Uyquni yaxshilash va tinchlantirishga yordam beradi.
  • Stress va asabiylashishni kamaytiradi.
  • Jismoniy rivojlanishga ijobiy ta’sir qiladi.
  • Suyaklar o’sishini yaxshilab beradi.

Nega bolalar massaji farzandingiz uchun zarur?

  • Xavfsiz: Malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
  • Individual yondashuv: Har bir bola uchun alohida usul va texnika tanlanadi.
  • Qulay: Farzandingizni tinchlantiruvchi va sog‘lomlashtiruvchi jarayon.

Quyidagi holatlarda ayniqsa foydali:

  • Tug‘ma mushak yoki suyak tizimi muammolari bo‘lsa.
  • Jismoniy rivojlanishda ortda qolish sezilsa.
  • Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar kuzatilsa.
  • Umumiy sog‘liqni mustahkamlash uchun.
image 79

Gidro massaj

Gidromassaj – bu suv oqimi va bosimi yordamida bajariladigan muolaja bo‘lib, bolaning organizmiga yumshoq, lekin samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Gidromassajning afzalliklari:

  • Qon aylanishini yaxshilaydi
  • Mushaklarni bo‘shashtiradi va taranglikni kamaytiradi
  • Immunitetni mustahkamlaydi
  • Stress va asabiylikni yengillashtiradi
  • Uyqu sifatini yaxshilaydi
  • Suyak va bo‘g‘imlarning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi

Qaysi holatlarda tavsiya etiladi?

  • Jismoniy va aqliy charchoq
  • Muskullar tarangligi va gipertonus
  • Bo‘g‘im va suyak rivojlanishi muammolari
  • Immunitetning pasayishi
  • Uyqusizlik va asabiylik
  • Travma yoki jarrohlikdan keyingi reabilitatsiya
  • Umumiy sog‘lomlashtirish maqsadida

Barcha xizmatlar:

Ingalyatsiya, elektrofarez, parafin, darsonval kabi fizioterapik xizmatlar ham mavjud!

"Farzandlarimiz sog‘lig‘i – eng katta boyligimiz. Ularning sog‘lom va baxtli o‘sishi uchun har bir qadam muhim. Javohir tibbiyot markazida biz farzandingiz kelajagini mustahkamlashga yordam beramiz!"

Batafsil ma‘lumot olishni xohlaysizmi?

Ma‘lumotlaringizni yuboring, tez orada operatorlarimiz siz bilan bog‘lanib barcha savollaringizga batafsil javob berishadi