Kardiologiya bo’limi
Kardiologiya bo‘limi yurak va qon tomirlari bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan. Javohir klinikasida kardiologik muammolarni erta aniqlash va samarali davolash uchun zamonaviy uskunalar va tajribali mutaxassislar xizmat ko‘rsatadi.
Diagnostika xizmatlari:
- EKG (Elektrokardiografiya) yordamida yurakning elektr faoliyatini o‘rganish.
- UZI (Echokardiografiya, EXO) yordamida yurakning tuzilishi va funksional holatini batafsil tekshirish.
- Holter monitoring (24 soatlik EKG kuzatuvi) yordamida yurak ritmidagi buzilishlarni aniqlash.
- Stress-testi yordamida jismoniy faoliyat vaqtida yurak ishini baholash.
- Qon tomirlarning ultratovush tekshiruvlari yordamida tomir devorlarining holatini aniqlash.
- Kompyuter tomografiyasi (MSKT) va MRT apparatlari yordamida yurakning maxsus va murakkab tekshiruvlarini o‘tkazish.
- БЦА (Bosh miya qon tomirlarining ultratovush dopplerografiyasi) yordamida bosh va bo‘yin sohasidagi qon tomirlarning holatini aniqlash.
- ВЭМ (Velergometrik test) yordamida yurakning jismoniy yuklama vaqtida qanday ishlashini baholash.
- Tredmil testi yordamida yurak ritmining buzilishlarini jismoniy faollik orqali aniqlash
va boshqalar
Davolash xizmatlari:
- Yurak ritmi buzilishlari (aritmiya) va yurak ishemik kasalliklarini dori vositalari yoki apparat usullari yordamida davolash,
- Tromblar hosil bo‘lishining oldini olish va davolash.
- Gipotoniya va gipertoniya (yuqori va past qon bosimi)ni boshqarish va muvozanatlashtirish.
- Yurak yetishmovchiligini davolash va bemor holatini yengillashtirish.
- Insult va infarktdan keyingi reabilitatsiya dasturlari va boshqalar.
Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?
- Yurak urishining tezlashishi yoki notekisligi.
- Ko‘krak sohasida og‘riq, bosim yoki yonish hissi.
- Nafas qisishi, hattoki ozgina jismoniy faoliyatda ham charchash.
- Qo‘l-oyoqlarda shish, uvishish yoki kuchsizlik.
- Qon bosimining keskin oshishi yoki pasayishi.
- Bosh aylanishi, hushdan ketish yoki ong chalkashishi.
- Va boshqa muammolar.