Plazmaferez
Plazmaferez – organizmni tozalashning innovatsion usuli bo‘lib, qondagi zararli moddalar, toksinlar va immun komplekslarni olib tashlashga yordam beradi. Bu usul ko‘plab kasalliklarni davolash va ularning asoratlarini oldini olishda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Jarayon zamonaviy Hemophenix apparati yordamida amalga oshiriladi.
Plazmaferez qaysi holatlarda tavsiya etiladi?
1. Immun tizimi bilan bog‘liq kasalliklar:
- Psoriaz
- Puzirchatka (bulloz pemfigoid)
- Tizimli qizil volchanka
- Revmatoid artrit
- Bronxial astma va boshqalar.
2. Allergik kasalliklar:
- Atopik dermatit
- Pollinoz (o‘simlik changiga allergiya)
- Kvinke shishi va boshqalar.
3. Endokrin tizimi kasalliklari:
- Qandli diabet va uning asoratlari
- Insulin sezgirligi pasayishi (sensibilizatsiya insulin) va boshqalar.
4. Buyrak kasalliklari:
- Glomerulonefrit
- Volchanka nefritlari va boshqalar.
5. Nerv tizimi kasalliklari:
- Tarqoq skleroz
- Uveit (ko‘zning ichki qavatlari yallig‘lanishi) va boshqalar.
6. Teri va qon tomir kasalliklari:
- Ateroskleroz
- Diskirkulyatsion ensefalopatiya va boshqalar
Jarayon qanday amalga oshiriladi?
Plazmaferez jarayoni shifokor nazorati ostida o‘tadi va xavfsizdir. Maxsus apparat yordamida bemorning qoni olinadi, so‘ng qondagi plazma zararli moddalardan tozalanib, toza plazma qayta tanaga kiritiladi. Bu jarayon bemor holatiga qarab 1-2 soat davom etadi va og‘riqsiz kechadi.