Kosmetologiya bo’limi

Kosmetologiya bo‘limi terining sog‘lig‘i va go‘zalligini tiklash, saqlash va yaxshilashga ixtisoslashgan. Javohir klinikasining kosmetologiya bo‘limi zamonaviy uskunalar, professional shifokorlar va innovatsion muolajalar yordamida sizning teringiz va go‘zalligingizni qayta tiklashga yordam beradi.

image 15

Diagnostika xizmatlari:

  • Terining holati va turi bo‘yicha batafsil diagnostika.
  • Dermatologik muammolarni aniqlash (akne, pigmentatsiya, teri qurishi).
  • Allergik reaksiyalar va teri kasalliklarining sabablarini aniqlash uchun testlar.
  • Va boshqa diagnostika xizmatlari.

Davolash xizmatlari:

- Perfecto Candilla Vbeam lazer apparati | CO2 lazer apparati

  • Ugri va rozatsea – teridagi toshmalar va doimiy qizarishni yo‘qotish.
  • Birovchak va gemangioma – ortiqcha o‘simtalar va qon tomir tugunlarini bartaraf etish.
  • Pigmentatsiya – quyosh va yosh dog‘larini bir xil rangga keltirish.
  • Kuperoz – mayda qon tomirlarining ko‘rinishini kamaytirish.
  • Cherri angioma – qizil tomir dog‘larini xavfsiz yo‘q qilish.
  • Keloid chandiq – chandiqlarni yumshatish va teri silliqligini tiklash va boshqalar.

- Exciplex lazer apparati:

  • Vitiligo – teridagi pigmentatsiyani tiklash.
  • Psoriaz – yallig‘lanishni kamaytirish va teri qichishishini bartaraf etish.
  • Soch to‘kilishi muammosini davolash va soch o‘sishini tiklash.
  • Teridagi quruqlik va yallig‘lanishni kamaytirish va boshqalar.

Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?

  • Vitaminli ukollar: Teri va sochlarni oziqlantirib, tabiiy yoshartirish va tiklanish effektini beradi.
  • Mezoterapiya (soch va yuz uchun): Soch to‘kilishini to‘xtatish va yuz terisini oziqlantirish uchun samarali muolaja.
  • Botoks va filler: Yuzdagi ajinlarni tekislash va tabiiy shaklni tiklash uchun kosmetik inyeksiyalar.
  • Piling: Teri yuzasini yangilash, qora dog‘larni bartaraf etish va silliqlikni qaytarish uchun samarali usul
  • Va boshqa muammolar.

Javohir klinikasining kosmetologiya bo‘limida sizga zamonaviy, xavfsiz va samarali estetik xizmatlar taqdim etiladi. Go‘zalligingizni saqlash va uni yana ham mukammallashtirish uchun bugunoq murojaat qiling! 😊

Batafsil ma‘lumot olishni xohlaysizmi?

Ma‘lumotlaringizni yuboring, tez orada operatorlarimiz siz bilan bog‘lanib barcha savollaringizga batafsil javob berishadi