Gastroenterologiya bo’limi
Gastroenterologiya bo‘limi oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan. Javohir klinikasining gastroenterologiya bo‘limi zamonaviy diagnostika uskunalari va malakali mutaxassislar yordamida sifatli tibbiy xizmatlarni taqdim etadi.
Diagnostika xizmatlari:
- Videoendoskopiya yordamida oshqozon va ichaklarning ichki yuzasini ko‘rikdan o‘tkazish.
- Videokolonoskopiya orqali ichakning to‘liq tekshiruvi.
- Ultratovush tekshiruvi (UTT) yordamida jigar, o‘t pufagi va me’da osti bezining holatini aniqlash.
- Qon, siydik va najas tahlillari orqali fermentlar, infektsiyalar va yallig‘lanish markerlarini baholash.
- Helicobacter pylori infeksiyasini aniqlash uchun qon testi.
- Va boshqa diagnostika xizmatlari.
Davolash xizmatlari:
- Gastrit, oshqozon yarasi va me’da-ichak tizimidagi yallig‘lanishlarni davolash.
- Qandli diabetga va og’riq qoldiruvchi dorilar sabab kelib chiiqan oshqozon-ichak muammolarini bartaraf etish.
- Surunkali qabziyat yoki ich ketishini davolash.
- Jigar kasalliklari (Gepatit, Sirroz)ni kompleks terapiya yordamida davolash.
- O‘t pufagi toshlari va safro yo‘llari muammolarini davolash.
- Pankreatit (me‘da osti bezining yallig‘lanishi)ni konservativ bilan davolash
- Va boshqa davolash xizmatlari.
Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?
- Oshqozon sohasidagi doimiy og‘riq, yonish yoki og‘irlik hissi.
- Qorin dam bo‘lishi yoki ovqatdan keyin noqulaylik.
- Surunkali qabziyat yoki tez-tez ich ketishi.
- Ishtahaning yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish.
- Najas yoki siydik rangining o‘zgarishi (masalan, jigarrang yoki och tus).
- Tana vaznining keskin kamayishi yoki ortishi.
- Teri yoki ko‘z oqining sarg‘ayishi (jigar muammolaridan shubha).
- O‘ng qovurg‘a ostida yoki kindik atrofida doimiy og‘riq
- Va boshqa muammolar.