Endokrinologiya bo’limi

Endokrinologiya bo‘limi organizmdagi gormonlar tizimi va endokrin bezlar bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan. Javohir klinikasining endokrinologiya bo‘limi tajribali mutaxassislar va zamonaviy uskunalar bilan bemorlarimizga sifatli va samarali yordam ko‘rsatadi.

image 10

Diagnostika xizmatlari:

  • Qon tahlillari orqali gormonlar miqdorini aniqlash (insulin, tirotropin, estrogen va boshqalar).
  • UZI yordamida qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari va boshqa endokrin organlarni tekshirish.
  • Glyukozaga tolerantlik testi orqali qandli diabetni aniqlash.
  • Qon va siydikdagi kaltsiy, fosfor va boshqa mineral moddalar miqdorini baholash.
  • MRT va rentgen yordamida endokrin tizimga bog‘liq o‘sma yoki patologiyalarni aniqlash.
  • Va boshqa diagnostika xizmatlari.

Davolash xizmatlari:

  • Qandli diabetni nazorat qilish va davolash (dori-darmonlar, insulin terapiyasi).
  • Qalqonsimon bez kasalliklari (gipotireoz, giperterioz, tiroidit)ni davolash.
  • Gormonal buzilishlardan kelib chiqqan semizlik yoki ozg‘inlikni davolash.
  • Polikistik tuxumdon sindromi va boshqa jinsiy gormonal buzilishlarni muolaja qilish
  • Va boshqa davolash xizmatlari.

Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?

  • Doimiy charchoq, zaiflik, qo‘l-oyoqlarda uvishish yoki kuchsizlik.
  • Vaznning keskin o‘zgarishi (ortishi yoki kamayishi).
  • Qattiq chanqoq, tez-tez siyish yoki quruq teri.
  • Yurak urishining tezlashishi yoki notekisligi.
  • Qalqonsimon bezning shishishi yoki seziluvchi tugunlar paydo bo‘lishi.
  • Ayollarda hayz buzilishlari, erkaklarda jinsiy faoliyatning pasayishi.
  • Va boshqa muammolar.

Javohir klinikasining endokrinologiya bo‘limida sog‘lig‘ingizni tiklash va gormonal muvozanatni ta’minlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Gormonlar tizimidagi har qanday muammo bo‘yicha vaqtida murojaat qiling! 😊

Batafsil ma‘lumot olishni xohlaysizmi?

Ma‘lumotlaringizni yuboring, tez orada operatorlarimiz siz bilan bog‘lanib barcha savollaringizga batafsil javob berishadi