Pediatriya bo’limi
Pediatriya bo‘limi chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlarning salomatligi bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan. Javohir klinikasining pediatriya bo‘limida tajribali shifokorlar, zamonaviy texnologiyalar va farzandlaringiz salomatligini ta’minlashga qaratilgan muolajalar mavjud.
Diagnostika xizmatlari:
- Qon va siydik tahlillari orqali umumiy holatni baholash.
- UZI yordamida ichki organlarning rivojlanishi va faoliyatini tekshirish.
- Rentgen va MRT yordamida shikastlanishlar va boshqa patologiyalarni aniqlash.
- Allergik reaktsiyalarni aniqlash uchun maxsus testlar.
- Emizikli chaqaloqlar uchun maxsus salomatlik kuzatuvlari.
- Va boshqa diagnostika xizmatlari.
Davolash xizmatlari:
- Nafas olish yo‘llari kasalliklari (bronxit, pnevmoniya, angina)ni davolash.
- Oshqozon-ichak tizimi buzilishlarini muolaja qilish.
- Immunitetni mustahkamlash uchun dori vositalari va maslahatlar.
- Virusli va bakterial infeksiyalarni kompleks davolash.
- Bolalarda vitamin va minerallar yetishmasligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish.
- Surunkali kasalliklarni kuzatish va nazorat qilish.
- Kasalliklarning oldini olish uchun emlash dasturlari.
- Va boshqa davolash xizmatlari.
Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?
- Bolada tana harorati ko‘tarilishi, ishtahaning yo‘qolishi yoki zaiflik.
- Nafas olishda qiyinchilik yoki uzoq muddatli yo‘tal.
- Qorin og‘rig‘i, diareya yoki qabziyat.
- Allergik reaktsiyalar: teridagi qizarish, qichishish yoki toshma.
- O‘sish va rivojlanishning sekinlashishi yoki jismoniy zaiflik.
- Tug‘ma yoki orttirilgan shikastlanishlar va suyak muammolari.
- Va boshqa muammolar.