Proktologiya bo’limi
Proktologiya bo‘limi ichaklarning pastki qismi, ya’ni to‘g‘ri ichak va anus bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan. Javohir klinikasining proktologiya bo‘limi zamonaviy diagnostika texnologiyalari va tajribali shifokorlari bilan bemorlarimizga sifatli va maxfiy yordam ko‘rsatadi.
Diagnostika xizmatlari:
- Rektoskopiya yordamida to‘g‘ri ichakning holatini tekshirish.
- Anoskopiya orqali anus va to‘g‘ri ichakning birinchi qismlarini o‘rganish.
- Laborator tahlillar orqali ichak infeksiyalari va boshqa patologiyalarni aniqlash.
- Ultrasonografiya (UZI) yordamida kichik chanoq organlarini baholash.
- Kolonoskopiya orqali ichakning katta qismini batafsil tekshirish.
- Va boshqa diagnostika xizmatlari.
Davolash xizmatlari:
- Gemorroyni konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolash.
- Anus yoriqlari (anal fissuralar)ni davolash.
- Paraproktit (to‘g‘ri ichak atrofidagi yallig‘lanish)ni muolaja qilish.
- Ichak poliplarini aniqlash va olib tashlash.
- Surunkali qabziyat yoki ich ketishini davolash.
- Ichak o‘smalari va onkologik kasalliklarning erta bosqichda davolash imkoniyatlari
- Va boshqa davolash xizmatlari.
Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?
- Anus sohasida og‘riq, qichishish yoki noqulaylik.
- Ichak harakati paytida qon ketishi yoki ajralma bo‘lishi.
- Surunkali qabziyat yoki ich ketishi.
- Anusda shish yoki tugunlar paydo bo‘lishi.
- Og‘riqli defekatsiya (ichak bo‘shatish) jarayoni.
- To‘g‘ri ichakning prolaps holati yoki ichak o‘smalaridan shubha.
- Va boshqa muammolar.