Pulmonologiya bo’limi
Pulmonologiya bo‘limi nafas olish tizimi kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan. Javohir klinikasining pulmonologiya bo‘limida zamonaviy texnologiyalar, tajribali shifokorlar va samarali davolash usullari yordamida bemorlarimizga yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatiladi.
Diagnostika xizmatlari:
- Rentgenografiya orqali o‘pka va nafas yo‘llaridagi patologiyalarni aniqlash.
- Spirometriya yordamida o‘pkaning nafas olish hajmi va faoliyatini baholash.
- Yuqori aniqlikdagi MSKT orqali o‘pka kasalliklarini aniqlash.
- Bronxoskopiya yordamida bronx va o‘pkaning ichki tuzilmalarini vizual tekshirish
- Qon gazlari tekshiruvi orqali kislorod va karbonat angidrid miqdorini o‘lchash.
- Laborator tekshiruvlar: infeksiyalar va allergik reaktsiyalarni aniqlash.
- Va boshqa diagnostika xizmatlari.
Davolash xizmatlari:
- Bronxial astma va allergik kasalliklarni nazorat qilish va davolash.
- O‘pka yallig‘lanishi (pnevmoniya)ni zamonaviy usullar bilan davolash.
- Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi (SO‘OK)ni kompleks terapiya yordamida davolash.
- Bronxlar va o‘pka infektsiyalariga qarshi dorivor muolajalar.
- Pulmonologik reabilitatsiya va nafas olishni yaxshilash uchun maxsus dasturlar.
- O‘pka fibrozini davolash va asoratlarni oldini olish.
- Nafas olish tizimining o‘smalari va boshqa onkologik kasalliklarni davolash
- Va boshqa davolash xizmatlari.
Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?
- Nafas qisishi yoki nafas olishda qiyinchilik.
- Doimiy yo‘tal (quruq yoki balg‘amli), ayniqsa uzoq vaqt davomida.
- Ko‘krak qafasida og‘riq yoki siqilish hissi.
- Tanada doimiy charchoq, tana haroratining ko‘tarilishi yoki titroq.
- O‘pka va bronx sohasida shish yoki infeksiyalar.
- Bronxial astma yoki allergik reaktsiyalarni nazorat qilish zaruriyati.
- Va boshqa muammolar.