Terapevt bo’limi
Terapevt bo‘limi organizmning umumiy holati bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan. Javohir klinikasining terapiya bo‘limi keng qamrovli diagnostika va malakali shifokorlarning individual yondashuvi bilan sifatli xizmat ko‘rsatadi.
Diagnostika xizmatlari:
- UZI (Ultratovush diagnostikasi) – ichki organlarning holatini batafsil baholash.
- Gastroskopiya va kolonoskopiya – oshqozon va ichaklarni ichkaridan tekshirish.
- Qon va siydikning umumiy hamda biokimyoviy tahlillari – organizm holatini aniqlash uchun.
- EKG (Elektrokardiografiya) – yurak faoliyatini kuzatish va patologiyalarni aniqlash.
- Rentgen diagnostikasi – o‘pka va boshqa organlar patologiyalarini aniqlash.
- Sedativ uyqu yordamida gastroskopiya va kolonoskopiya – qulay va og‘riqsiz jarayon.
- Va boshqa diagnostika xizmatlari.
Davolash xizmatlari:
- Nafas olish tizimi kasalliklari (bronxit, pnevmoniya, astma) uchun kompleks terapiya.
- Oshqozon-ichak tizimi kasalliklari (gastrit, oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi, enterit, kolit) bo‘yicha davolash.
- Virusli infeksiyalarni dori-darmonlar bilan davolash.
- Surunkali kasalliklar (revmatoid artrit, surunkali charchoq sindromi)ni kompleks davolash.
- Immunitetni kuchaytirish va organizmni mustahkamlash bo‘yicha maslahat va muolajalar.
- O’t qopini yuvish, tyubaj va bo‘shatish muolajalari
- Va boshqa davolash xizmatlari.
Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?
- Doimiy charchoq, umumiy zaiflik yoki tana haroratining oshishi.
- Nafas qisishi, yo‘tal yoki ko‘krak sohasidagi noqulaylik.
- Oshqozon-ichak tizimida qorin og‘rig‘i, ich ketishi yoki qabziyat.
- Qon bosimining oshishi yoki tushishi.
- O‘pka, jigar, buyrak va boshqa ichki organlardagi og‘riq va noqulaylik.
- Immunitet pasayishi tufayli tez-tez kasallanish.
- Va boshqa muammolar.