Nevrologiya bo‘limi

Nevrologiya bo‘limi insonning asab tizimi bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan. Asab tizimi organizmning barcha funksiyalarini boshqaradi va muvozanatni ta’minlaydi, shuning uchun uning sog‘lom ishlashi hayot sifatining muhim omillaridan biri hisoblanadi.

image 3

Diagnostika xizmatlari:

  • MRT va MSKT usullari orqali asab tizimining holatini to‘liq tekshirish.
  • EEG (Elektroensefalografiya) yordamida bosh miya faoliyatini baholash.
  • Asab tomirlarining ultratovush tekshiruvlari (UZI),
  • БЦА (UTT Apparatida uyqu arteriyalarini ko’rish),
  • Va boshqa diagnostika xizmatlari.

Davolash xizmatlari:

  • Nevrologik kasalliklarni farmakologik va fizioterapevtik usullarda davolash.
  • TMS (Transkranial Magnit Stimulyatsiya) texnologiyasi yordamida depressiya, asab tizimi faoliyatidagi buzilishlarni davolash.
  • Plazmaferez usuli orqali organizmdan toksinlarni tozalash va immun tizimini tiklash.
  • Reabilitatsiya xizmatlari va maxsus mashqlar kompleksi orqali harakat faoliyatini tiklash,
  • Va boshqa davolash xizmatlari.

Qanday muammolar bilan murojaat qilish mumkin?

  • Umurtqa churralari (grijalar), bel va bo‘yin sohasidagi og‘riqlar.
  • Bosh og‘rig‘i, migren yoki bosh aylanishi.
  • Uyqu buzilishlari yoki uyqusizlik.
  • Quloqlarda shovqin yoki eshitishning pasayishi.
  • Qo‘l-oyoqlarda uvishish, qaltirash yoki kuchsizlik.
  • Insultdan keyingi holat, harakat yoki nutqni tiklash zarurati.
  • Depressiya, asabiylashish yoki stress bilan bog‘liq holatlar.
  • Bolalarda rivojlanish buzilishlari yoki nutq kechikishi.
  • Va boshqa nevrologik muammolar!

Javohir klinikasining malakali nevropatologlari zamonaviy usullar yordamida muammoning ildizini aniqlaydi va sizga mos davolash dasturlarini taklif etadi. Hoziroq murojaat qiling!

Batafsil ma‘lumot olishni xohlaysizmi?

Ma‘lumotlaringizni yuboring, tez orada operatorlarimiz siz bilan bog‘lanib barcha savollaringizga batafsil javob berishadi